Gulduros qarsakdan quloq tom bitdi, Hofiz tabassumi qilardi sarmast, Necha yillab simfoniya kar qildi, Qushlar taqlidchisi ketar edi past. Bu vujudim aro ming bor kuchayib Tovush sizning qulog`ingizga yeldi. To`xtang, mana u men umid qilgan va Azoblarga chidab kutgan shaxs keldi.         Yillab menga oy haqida so`zlashdi, Kimlar sokinlik haqda bo`zlashdi, Kimlardir nimalarnidir ko`zlashdi Men-chi, kuchaytirdim, kuchaytiraverdim. Nafasi bo`gilib u qo`shiq kuylar. Mashqdagi askardek charchadi, sezdim. Egiluvchan bo`ynim bilan u shaxsning Ter bosgan yuziga intilar edim.         Shunda fikr keldi: "Ey inson, to`xta! Nimalar kuylaysan? Charchading axir. Qanday qissa haqda bo`zlamoqdasan? To`xtasin, muhlislar, siz ayting axir." Hammasi behuda, najot yo`q endi, Sillam qurib bunda turibman zo`rg`a. Temirdan yasalgan jismimga mening U zahar quymoqda, yuribman zo`rg`a.         Istaganingizcha ayb qo`ying menga, Lek o`zingga qarshi chiqmaysan-ku sen. Mening kasbim axir kuchaytirishdir. Qiynaldim, lek yolg`onni kuchaytirdim men. Oh urdim, karnaylar dod-voy solishdi, Qo`llari bilan u bo`g`zimdan tutdi, Boshqasin qo`yishchun meni olishdi. . . .         Boshqasi bariga chidaydi albat, U mening bo`ynimda turibdi butun. Bizni tez-tez, tinmay alishtirishar, Yolg`onga halaqit bermasligimiz-chun. G`ilofda siqilib yotardik bizlar, Men-y tutqichim va boshqa mikrofon, Kulib aytishdiki: "Olinganingdan Juda ham xursanddir o`sha mikrofon."
© ?. Tarjima, 2010